O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi
Yozuvchi Abdulla Qahhor haqida fil`m yaratiladi

Yozuvchi Abdulla Qahhor haqida fil`m yaratiladi

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda atoqli yozuvchi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Abdulla Qahhor haqida hujjatli film suratga olinadi.

“Abdulla Qahhor. Oʻn uchinchi qaldirgʻoch” filmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olinmoqda. Mazkur kinokartina “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri. Ssenariy mualliflari Shoyim Boʻtayev, Iqbol Qoʻshayeva, rejissyor Ilhom Haydarov.

Hujjatli filmning tasvirga olish jarayonlari Abdulla Qahhor uy-muzeyi, Adiblar xiyoboni, Toshkent moliya institutida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.