O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

Abdulla Qahhorning memorial muzeyi umrining so‘nggi yillarida yashab o‘tgan uyda joylashgan.

  • Abdulla Qahhor uy-muzeyi

  • Toshkent sh. Yakkasaroy tumani
    Y.Rajabiy ko‘cha 26/1

  • (+998) 90 994-11-00

  • (+998) 71 256-08-04

Abdulla Qahhor uy-muzeyi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, drammaturg, satirik, publitsist va tarjimon Abdulla Qahhorning(1907–1968) memorial muzeyi umrining so‘nggi yillarida yashab o‘tgan uyda joylashgan.

Muzey ekspozitsiyasi memorial va adabiy qismlardan iborat. Memorial qismi yozuvchining mehmonxonasi va ijodxonasidan tashkil topgan. Adabiy qismda adibning hayotligidagi ish holatiga ega bo‘lgan va yozuvchiga tegishli turli buyumlar bilan jihozlangan ish stoli saqlab qolingan.

Abdulla Qahhor kutubxonasida ko‘plab qo‘lyozmalar, kitoblar, jurnallar, rus va jahon klassiklarining asarlari, ilmiy nashrlar, ensiklopediyalar va adabiy ma’lumotnomalar saqlanadi.

Abdulla Qahhor rus tilini a’lo darajada bilgan va A.Pushkin, L.Tolstoy, A.Chexov, N.Gogol, M.Gorkiy va boshqa adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Uning publitsistik va tanqidiy maqolalari “Adabiy gazeta”, “O‘zbekiston madaniyati” sahifalarida “Sharq yulduzi” jurnalida va boshqa nashrlarda bosib chiqarilgan.

Muzey ekspozitsiyasi va fondida qo‘lyozmalar, yozuvchining kundaligi va 1920–30-yillarga tegishli fotosuratlar mavjud. Adibning 20-yillarda Qo‘qon  pedogogika texnikumida o‘qigan davrida o‘zi tomonidan ishlangan devoriy gazetasi saqlab qolingan. Muzeyga tegishli eksponatlar adibining turmush o‘rtog‘i Kibriyo Qahhorova tomonidan to‘plangan va muzeyga topshirilgan.

Qo‘qon farzandi, temirchining o‘g‘li Abdulla Qahhor 1920-yillardagi jamiyat nuqsonlarini yoritib beruvchi mohir felyetonchidan to “Sarob”, “Qo‘shchinor chiroqlari” romanlari, “O‘tmishdan ertaklar“ qissasi va yana ko‘plab asarlarning muallifiga aylangan yirik prozonavislikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

O‘zbek adabiyotida Abdulla Qahhor realistik hikoyalarning mohir ustasi sifatida alohida o‘rin egalladi. Bu janrda u rus realistik hikoya yozish an’anasi va o‘zbek xalq yumori bo‘lgan “askiya”– oshkora qochirma, hazil mutoyiba musobaqasini sintezladi.

Abdulla Qahhor dramaturg sifatida ham juda mashhur. Uning pyesalari – komediyalari, ayniqsa “Shohi So‘zana” pyesasi sharqiy Yevropa davlatlarining teatr sahnalarida muvaffaqiyat bilan qarshi olingan.

Muzey hodimlari