O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida muzey ekspozitsiya zallarida namoyish etilgan adibning hayot va ijod yo‘llari, asarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Muzey xodimlari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblarni oldilar.

Tashrif jarayonlaridan fotolavhalar.