O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

Toshkent farmatsevtika instituti “Sanoat farmatsiyasi” fakulteti metrologiya yunalishi 1 kurs talabalari ustozlari M. Toʻychiyeva hamrohligida Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurdilar.

✨ Tashrifchilarga muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir asar va ashyolar yoshlar qalbida adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

✨ Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✨ Tashrif jarayonlaridan fotolavhalar.