O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

📚 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoi universiteti 2-kurs talabalari ustozlari Nurmatov Furqat va Mirzayeva Nargizalar hamrohligida Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurib, yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdilar.📘Tashrifchilarga muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir asar va ashyolar yoshlar qalbida adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.📕 Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.📗Tashrif jarayonlaridan fotolavhalar.