O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Soliq va byujet hisobi fakulteti 2-3-kurs talabalari Sh. Baybosinova, M. Egamovalar Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurib, yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu tashrif tashrifchilar bilimlarini boyitibgina qolmay, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashrif jarayonlaridan fotolavhalar.