O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

📕 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti buxgalteriya hisobi fakulteti 7-guruh talabalari Audit xalqaro standartlar fani yo‘nalishi bo‘yicha ustozlari Abduraximova Maftunaxon hamrohligida Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurdilar.📒 Tashrifchilarga muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tashrif jarayonida yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdilar.📗 Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi hamda har bir asar va ashyolar yoshlar qalbida adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi degan umiddamiz.