📚 Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Buhgalteriya fakulteti 1-kurs talabasi Uralov Jamshid va Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Bank ishi fakulteti BIA-70 guruh talabasi Uralova Jasminalar Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurib, yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdilar.📘Tashrif davomida muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir asar va ashyolar yoshlar qalbida adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.📕 Ushbu tashrif tashrifchilar bilimlarini boyitibgina qolmay, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.📒Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.