O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

🔵 Abdulla Qahhor uy-muzeyida she’riyat va ma’naviyat ixlosmandlari uchun unutilmas, mazmunan boy va ruhiy jihatdan yuksak tadbir bo‘lib o‘tdi. “Navoiy va Bobur – milliy tafakkur va ma’naviyatimizning ikki buyuk ustuni” mavzusida tashkil etilgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘zbek mumtoz adabiyotining ikki dahosi – Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlandi.

🔴Tadbir davomida buyuk mutafakkirlarning ijodiy merosi, ularning o‘zlikni anglash, ma’naviy kamolotga erishish va komil insonni tarbiyalashdagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi. So‘zga chiqqanlar Navoiy va Boburning insonparvarlik, adolat, mehr-oqibat va yuksak axloqiy fazilatlarni ulug‘lovchi asarlari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganini qayd etdilar.