O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

🏠 O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Ijtimoiy ish yo’nalishi 1-kurs talabalari ustozlari Ilhimova Sevara hamrohligida Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurib, yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdilar.

☘️Tashrifchilarga muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir asar va ashyolar yoshlar qalbida adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

☘️Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

☘️Tashrif jarayonlaridan fotolavhalar.