O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti menejment fakulteti talabalarining Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif jarayonlaridan fotolavhalar.

Talabalar tashrif davomida yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdilar. Muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Har bir asar va ashyolar yoshlar qalbida adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.