O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

Fan va texnologiyalar universiteti iqtisodiyot fakulteti 2 kurs talabalari ustozlari M. Mametova hamrohligida Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurib, yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida ularga muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir asar va ashyolar yoshlar qalbida adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Ushbu tashrif talabalarning bilimlarini boyitibgina qolmay, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.