O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi
Abdulla Qahhor tavalludining 115 yilligi

Abdulla Qahhor tavalludining 115 yilligi

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Abdulla Qahhor uy-muzeyi bilan hamkorlikda XX asr o’zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O’zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 115 yilligi hamda “Abdulla Qahhor uy-muzeyi” tashkil etilganiga 35 yil to’lgani munosabati bilan “Abdulla Qahhor – tengsiz ijodkor” mavzusida adabiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirni shoira Farog’at Xudoyqulova olib bordi. Unda uyushma a’zolari Adhambek Alimbekov, Sharifa Salimova,  Jizzax davlat pedagogika universiteti professori Usmonjon Qosimov, Abdulla Qahhor uy-muzeyi direktori Sanobar Matlubova, olima Marhabo Qo’chqorova va boshqalar so’zga chiqdi. Ma’ruzalar tinglandi, she’rlar o’qildi.

Unda Abdulla Qahhor MFY faollari, Abdulla Qahhor uy-muzeyi vakillari, ijodkorlar, talaba yoshlar ishtirok etdi.

Bundan tashqari, ayni kunlarda yozuvchining ijodini yoshlarga chuqur o’rgatish maqsadida Abdulla Qahhor uy-muzeyida xotira kechalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob taqdimotlari va ko’chma ko’rgazmalar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Tadbirda so’zga chiqqanlar Abdulla Qahhor adabiy merosi va uy-muzeyida amalga oshiralayotgan ishlarning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Xotira kechasida O’zbekiston xalq hofizi Xasan Rajabiydan kuy-qo’shiqlar jarang sochdi. O’zbek davlat drama teatri aktyorlari adibning “Ayajonlarim” dramasidan sahna ko’rinishi ijro etdi.

Add Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *