Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI 5-kurs sirtqi bitiruvchisi Mahmudboyeva Maftuna Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurib, yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdi.📚 Tashrifchiga muzey xodimi tomonidan muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir asar va ashyolar tashrifchini adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.📗 Abdulla Qahhor uy-muzeyida har bir tashrifchiga alohida e’tibor bilan eksklyuziv ekskursiyalar olib boriladi. Tashrif jarayonlaridan fotolavhalar.