O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

Muzeylar sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi muhokama qilindi

Joriy yilning 13-yanvar kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Madaniy meros agentligi tomonidan 2025-yilda muzeylar sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan “Zamonaviy muzeyshunoslik va Yangi O‘zbekiston muzeylari: nazariya, amaliyot, istiqbollar” mavzusida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev, respublikaning yirik davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari va uy-muzeylari rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.