Tashrifchilar uy-muzeyiga tashrif jarayonida yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashrifchilarga muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir asar va ashyolar yoshlar qalbida adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.



