O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti buxgalteriya fakulteti talabalari ustozlari hamrohligida Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurib, yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrifchilarga muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir asar va ashyolar yoshlar qalbida adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif jarayonlaridan fotolavhalar.