O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti IRB-50/24 va I-58/24 guruh talabalari Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif jarayonida muzey ekspozitsiya zallari orqali Abdulla Qahhor asarlari bilan yaqindan tanishdilar.

Eksponatlarni maroq bilan tomosha qilib adib hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Tashrifchilarga muzey xodimlari tomonidan qiziqarli ma’lumotlar berildi.