O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Amaliy fanlar fakulteti talabalari ustozlari L. Axmedova hamrohligida Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurdilar.

✨ Tashrifchilarga muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir asar va ashyolar yoshlar qalbida adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

✨ Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✨ Tashrif jarayonlaridan fotolavhalar.