O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti Filologiya va tillarni o’qitish koreys ingliz tili fakulteti 2-kurs talabalari Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurib, yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida ularga muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir asar va ashyolar yoshlar qalbida adibga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Ushbu tashrif talabalarning bilimlarini boyitibgina qolmay, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.