O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hotirasiga bag'ishlanadi

Toshkent davlat transport universiteti Turizm va mehmondostlik sohasi iqtisodiyot fakulteti talabalari Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurib yozuvchi ijodidagi boy meros bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrifchilarga muzey eksponatlari to‘g‘risida, adibning asarlari hamda ularning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni til va adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif jarayonlaridan fotolavhalar.